Italiyada Imtihonsiz Bepul ta'lim!
7000 yevro stipendiya va bepul yotoqxona!
Italiyada bepul o‘qish va yillik 7,500 yevro stipendiya olish – bu ko‘pchilik uchun faqat orzudek tuyuladi. Ammo Mercury kompaniyasi bu orzularni haqiqatga aylantirish uchun yaratilgan!


Quyida siz uchun mutlaqo tekinga Italiyaga o'qishga topshirish, stipendiya olish uchun kerakli barcha ma'lumotlarni yozib chiqdik, tanishib chiqishingiz mumkin!

"Barchasi oddiy bir savoldan boshlandi…"
O‘zbekistonlik yoshlar chet elda o‘qish va o‘z kelajagini qurish haqida ko‘p orzu qiladi. Ammo murakkab hujjat ishlari, qimmat ta’lim xarajatlari va qiyin stipendiya jarayonlari ko‘pchilikning yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Mercury kompaniyasi buning yechimini topish uchun ish boshladi: yoshlarning orzularini ro‘yobga chiqarish uchun butun dunyo bo‘ylab imkoniyatlarni izlash.

"Birinchi qadam – Italiyani kashf qilish"
Biz Italiya universitetlari va ularning stipendiya dasturlarini batafsil o‘rganib chiqdik. Natijada biz quyidagilarni aniqladik:

  • Bepul ta’lim imkoniyati: Italiyada ko‘plab davlat universitetlarida xalqaro talabalar uchun to‘lovlar bekor qilingan.
  • Moliyaviy yordam dasturlari: Talabalar yiliga 7,500 yevro stipendiya oladi, bu esa o‘qish va yashash xarajatlarini qoplash uchun yetarli.
  • Dunyo darajasidagi ta’lim: Italiya universitetlari reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab, global miqyosda tan olingan.

Mercury Kompaniyasining Afzalliklari – Sizning Kelajagingizga Yondashuv!

1. Foundation Dasturisiz To‘g‘ridan-To‘g‘ri Bakalavrga Kirish

Italiya universitetlariga kirish uchun O‘zbekiston fuqarolaridan odatda 12 yillik ta’lim sertifikati talab qilinadi. Bu esa ko‘pchilik uchun 1 yil Foundation dasturida o‘qishni anglatadi, bu vaqt va pul yo‘qotilishiga olib keladi.
Ammo, Mercury kompaniyasining unikal yechimi mavjud: biz 11 yillik maktabni kamida 1 yil oldin bitirgan abituriyentlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bakalavr dasturiga kirish imkoniyatini taqdim etamiz. Bu orqali talabalar:
  • Foundation dasturiga kontrakt to‘lamaydi.
  • O‘qish uchun qimmat vaqtni yo‘qotmaydi.
  • Bepul ta’lim va stipendiyalarni darhol qo‘lga kiritadi.
2. IELTS Sertifikatisiz Kirish

Italiya universitetlariga kirish uchun ko‘pincha IELTS 5.5 yoki 6 ball talab etiladi. Ammo bizning mijozlarimiz uchun bu talab bekor!
Mercury orqali topshirgan talabalar hech qanday ingliz tili sertifikatisiz ham o‘qishga kirishlari kafolatlanadi. Bu sizni:
  • IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun qo‘shimcha xarajatlar va vaqt yo‘qotishdan saqlaydi.
Faqat ingliz tilini bilish kifoya – biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz!

3. To‘lovlar Qaytarilishi Bo‘yicha Yagona Kompaniya

Mercury kompaniyasi o‘z xizmatlariga 100% ishonch bildiradi. Shu sababli, biz mijozlarimiz uchun quyidagi kafolatlarni taqdim etamiz:
  • Agar siz universitetga kira olmasangiz, 100% to‘lovingizni qaytarib beramiz.
  • Agar vizadan rad javob olinsa, bizning kompaniyamiz to‘lovning 50% qismini qaytarib beradi, qolgan 50% esa sizga boshqa davlat yoki o‘quv dasturiga hujjat topshirishda ishlatiladi.
Bu imkoniyat sizga moliyaviy xavfni kamaytiradi va kelajagingiz uchun xavfsizroq qadam qo‘yishga yordam beradi.

Mercury – Sizning Tanlovingiz!
Biz nafaqat hujjat topshirish va o‘qishga kirishingizni ta’minlaymiz, balki sizning vaqt va mablag‘laringizni tejashda ham yordam beramiz. Bizning afzalliklarimiz sizga:

  • Ta’lim olishga to‘siq bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf etadi.
  • Qo‘shimcha xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi.
  • Moliyaviy riskni minimallashtirib, orzularingizni amalga oshirishga yordam beradi.
Mercury bilan Italiyada o‘qishga kirish – bu nafaqat imkoniyat, balki kafolatlangan muvaffaqiyatdir!
Bugun biz bilan bog‘laning va birinchi qadamingizni tashlang! Orzularingizni reallikka aylantirishga birgalikda erishamiz.

Kompaniya Xizmatlari uchun To‘lov Shartlari

Mercury kompaniyasining xizmatlari narxi – $1,500.
Biz talabalarimiz uchun qulay va xavfsiz to‘lov tizimini taqdim etamiz:
Oldindan 50% to‘lov: Siz faqat xizmat qiymatining yarmi – $750ni avval to‘laysiz.
Qolgan 50% to‘lov: Talaba vizasi tasdiqlangandan keyin to‘lanadi.
Bu tizim sizga to‘lovlarni xavfsizroq va ishonchli shaklda amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Bo‘lib To‘lash Imkoniyati

Talabalarimizga qulaylik yaratish maqsadida biz xizmat to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini ham taqdim etamiz.
Bundan tashqari, to‘lovlarni Uzum Nassiya tizimi orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bu sizga xizmat uchun to‘lovni bosqichma-bosqich va osonlik bilan amalga oshirishga yordam beradi.
Mercury bilan siz nafaqat orzularingizni amalga oshirasiz, balki qulay va xavfsiz to‘lov imkoniyatlaridan ham foydalanasiz!

Nega Mercury Xizmatlari Narxi Aslida Qimmat Emas?

Italiya kabi rivojlangan davlatda TOP-1000 universitetga grant asosida o‘qishga kirish va yiliga 7,500 yevrogacha stipendiya olish imkoniyati talaba hayotini tubdan o‘zgartirishi mumkin. Ammo bu imkoniyatlarni qo‘lga kiritish oddiy jarayon emas – bunga professional yondashuv kerak. Mercury kompaniyasi bu jarayonni mukammal bajarish uchun barcha mas'uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

Mercury Xizmatlariga Nimalar Kiradi?
  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri bakalavr dasturiga kirish
Aksariyat talabalar Italiyada o‘qish uchun avval 1 yil Foundation dasturida kontrakt to‘lab o‘qishlari kerak, chunki Italiya universitetlari 12 yillik ta’lim sertifikati talab qiladi. Ammo Mercuryning unikal yechimi bilan, 11 yillik ta’limni kamida 1 yil oldin tugatgan talabalar Foundation dasturidan o‘tmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bakalavrga kirishlari va grant va stipendiyalarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Bu ulkan vaqt va mablag‘ tejashni anglatadi.
  • IELTS talab qilinmaydi
Odatda Italiya universitetlariga kirish uchun IELTS 5.5 yoki 6 ball talab qilinadi, ammo Mercury orqali topshirgan talabalar hech qanday ingliz tili sertifikatisiz o‘qishga qabul qilinishlari kafolatlanadi. Siz faqat ingliz tilini bilishingiz kifoya – bu ham IELTS imtihoniga ketadigan qo‘shimcha xarajat va vaqtni tejaydi.
  • Hujjatlar bilan to‘liq yordam va yuridik himoya
Italiya – qog‘ozbozlik (byurokratik) ishlari juda murakkab davlat. O‘qishga kirish uchun 20 dan ortiq hujjat tayyorlash kerak bo‘ladi.
Hatto o‘qishga kirganingizdan keyin ham, hujjatlardagi kichik xatolik (masalan, tarjimada kamchilik) sizni deportatsiya qilishga, o‘qishdan chetlatishga yoki stipendiyani bekor qilishga olib kelishi mumkin.
Mercury barcha hujjat ishlarini professional darajada bajaradi va talaba hech qanday xatolik yoki qiyinchilikka duch kelmasligini kafolatlaydi.
  • Stipendiya hujjatlari bilan yillik yordam
Ko‘plab firmalar talabalarning stipendiya hujjatlarini faqat bir yilga topshiradi, bu esa talabalarni kelasi yil yana muammolarga duchor qiladi.
Mercury kompaniyasi barcha yillik hujjatlarni to‘liq nazorat qiladi va talabaning har yili stipendiya olishini ikki tomonlama yuridik shartnoma bilan kafolatlaydi.
Talaba o‘z vaqti, energiyasi va pulini tejab, faqat o‘qishga e’tibor qaratishi mumkin bo‘ladi.
  • Yashash va kundalik hayotda yordam
Italiyaga kelganingizdan so‘ng, Mercury sizni kutib olish, yotoq joy bilan ta’minlash va kundalik hayotingizdagi muammolarni hal qilishda yordam beradi. Talabalar va ularning ota-onalari uchun bu juda katta ishonch va xavfsizlikni ta’minlaydi.
  • Work and Travel dasturlari
Yozgi ta’til davrida Mercury sizni Germaniya yoki boshqa Yevropa davlatlarida ishlash imkoniyatlari bilan ta’minlaydi. Bu dasturlar mutlaqo bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi, bu esa talabalarning qo‘shimcha daromad topishiga va Yevropa tajribasini oshirishiga yordam beradi.


Xo‘sh, endi o‘ylab ko‘ring: Italiya kabi rivojlangan davlatda TOP-1000 talikka kirgan universitetga kirish, grant va yiliga 7500 yevro stipendiya olish, sizni kutib olish, viza suhbatlariga tayyorlash, o‘qishga kirganingizdan keyin yashash joyingizni topish, hujjat ishlaringizni nazorat qilish va hatto yozgi ta’tilingizda Work and Travel dasturlarida ishlash imkoniyatini bepul tashkil qilib berish – bu qanchaga arziydi, deb o‘ylaysiz?
To‘g‘ri, boshqa firmalar juda arzon narxlarda o‘qishga kiritib berishni va’da qiladi. Lekin xizmat va xizmatning farqi bor. Misol uchun: EDISU kabi stipendiya dasturlari uchun 360 dan ortiq qoidalar bor, va bu qoidalarni to‘g‘ri tushunib, hujjat topshirish katta tajriba talab qiladi. Bizning xodimlarimiz 2022-yildan beri bu jarayonlarni mukammal o‘rganib, amalda sinab kelmoqda.
Yillik stipendiya nazorati. Ko‘p firmalar talabalarning stipendiya hujjatlarini faqat bir yilga topshiradi. Keyingi yilda esa yana to‘lov talab qiladi yoki talabaning o‘zi hujjat topshirishni bilmay, stipendiyasiz qoladi. Biz bunday qilmaymiz. Bizning xizmatimiz bilan barcha yillik hujjatlarni yuridik shartnoma asosida nazorat qilamiz va talabalar har yili stipendiyasini olishini kafolatlaymiz.

Ota-onalarga samimiy tavsiya
Farzandingiz chet elga o‘qishga ketayotgan ekan, sizning asosiy xavotiringiz – uning xavfsizligi va muvaffaqiyati. Mercury bu mas’uliyatni to‘liq o‘z bo‘yniga oladi:

Biz talabaning har bir hujjatini sinchiklab tayyorlaymiz.
O‘qish va yashash jarayonida har qanday muammo bo‘lsa, ularga yordam beramiz.
O‘qish davomida farzandingiz uchun moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun yillik stipendiyalarni kafolatlaymiz.
Ota-ona sifatida farzandingizga sifatli xizmatni tanlash – bu uning kelajagini ta’minlash demakdir. Mercury kompaniyasi nafaqat o‘qishga kirishni, balki u yerda muvaffaqiyatli ta’lim olishini va mustaqil hayot boshlashini kafolatlaydi.

Bizning narxlarimiz haqida fikr yuritishdan oldin, yuqorida sanab o‘tilgan xizmatlarimizni e’tiborga oling. Mercury bilan ishlash orqali sizning farzandingiz vaqtini, pulini va energiyasini tejab, o‘z kelajagiga yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladi.
Bu faqat xizmat emas – bu farzandingizning hayotiga kiritilgan eng yaxshi sarmoya. Bizga ishonch bildiring va birinchi qadamni bugun tashlang!
Univertetlar ro'yxati
Universitetlarimizda siz izlayotgan barcha yo'nalishlar mavjud bo'lib, darslar ingliz tilida o'qitiladi.
Bepul konsultatsiyaga joy band qilish
Batafsil ma'lumot olsih uchun, quyidagi o'zingiz haqidagi ma'lumotlarni to'ldiring!
Talim bosqichi
Made on
Tilda