1. Universitetning joylashuvi va undagi sharoitlar.
Universitetning qaysi shaharda ekani, u yerning tabiati va shaharning ichki infotuzilmasi sizning komfort hayotingiz garovi boʻladi.
Shu sababli universitetingiz joylashgan shahardagi barcha ustunlik va kamchiliklar bilan oldindan tanishib olishingiz zarur.
2. Tajriba oshirish va amaliyot.
Koʻp universitetlarda darslar asosan konspekt yozish yoki nazariy maʼlumotlarni oʻrganish bilan oʻtib ketadi.
Shu sababli tanlayotgan universitetingizda darslar amaliyot bilan birga olib ketiladimi va malaka oshirish uchun xarajatlar universitet tarafidan qoplanadimi, shu kabi savollarga oʻqishga hujjat topshirishdan oldin javob topishingiz shart.
3. Universitetdagi qulayliklar va ustozlarning munosabati.
Baʼzi universitetlarda kompyuter bor, ishlatish mumkin emas. Kutubxona bor, sizga kerakli kitob yoʻq. Oʻqituvchilari professor, lekin na darsni tushuntirib bera oladi va na odamga oʻxshab muomala qila olmaydi.
Keyin universitetdagi tadbirlar, jamoaviy guruhlar va musobaqalarning oʻtkazilish jarayoniga ham alohida eʼtibor bering. Chunki tashkiliy masalalar universitet hayotidagi koʻp narsalarga oydinlik kiritadi.
4. Qabul qilinish davri.
Siz talaba boʻlishni yillar davomida kutgansiz, endi buyogʻiga yana haftalab vaqt ketkazishingiz kerak emas.
Imtihonga, hujjat topshirishga, qabul qilinish kabi mayda-chuyda narsalarga 10-20 kun kutmasligingizni oldindan bilib olishingiz lozim.
5. Xalqaro darajadagi imkoniyatlar.
Oddiy talaba bor, xalqaro darajadagi talaba bor. Buni esa siz oʻqiydigan universitet belgilaydi. Buning uchun siz oʻqishga topshirmoqchi boʻlgan universitetingiz reytingini, diplomi qayerlarga oʻtishini va universitetingiz hamkorlik qiladigan ish beruvchi kompaniyalar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishingiz zarur.
6. Universitetdagilar bilan maslahatlashing.
Siz tanlagan universitetda oʻqishingiz uchun oʻzbek tilining oʻzi yetadimi yoki qoʻshimcha boshqa til bilish kerak boʻladimi?
Qolaversa, sizni oʻqishga olib kirishga vaʼda berayotgan konsalting firmalarining gapi bilan universitetdagi holat bir xilmi? Chunki koʻp konsalting firmalari oʻzining xizmatlarini sotish uchun yoʻq narsani ham bor qilib koʻrsatishdan uyalishmaydi.
7. Karyerangizga taʼsiri. Universitet insonga 60 ga kirib nafaqaga chiqishga emas, balki muvaffaqiyatli hayot uchun tramplin vazifasini oʻtab berishi kerak. Bunga universitetdagi koʻplab faktorlar sabab boʻladi. Bular boʻyicha esa mutaxassis maslahatini olishngiz lozim.
Agar shu yuqoridagi 7 ta faktorni qanday qilib bitta universitetdan topishni bilmayotgan boʻlsangiz, bu vazifani oʻz ishining professionallari boʻlgan “Mercury International Corporation” kompaniyasiga topshiring.
Chunki bu kompaniya orqali oʻqishga kiradigan universitetlaringizning aksariyati butun dunyo boʻyicha TOP 1000 talikka kirgan oliygohlar va joylashuv manziliga koʻra ham zamonaviy shaharlarda joylashgan.
Oliygoh bitiruvchilari ham universitetdagi xalqaro imkoniyatlar hisobiga gigant kompaniyalarga ishga kirishgan. Taʼlim ham, universitetda qulayliklar ham jahon standartlariga toʻliq javob beradi.
Hoziroq quyidagi raqamga qoʻngʻiroq qiling hamda mutaxassislardan BEPUL konsultatsiya olib, 1 KUNDA oʻzingizning orzuyingizdagi oliygoh talabasi boʻling.
Murojaat uchun: (71)200-03-40
Telegram: @mercury_study